Jastin Geyji: «Xabib bilan jangda tajovuzkor bo'laman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 726

UFCning engil vazndagi vaqtinchalik chempioni Jastin Geydji Xabib Nurmagomedovga qarshi bo'lib o'tadigan jang taktikasi haqida o'rtoqlashdi.
«Hayotdan misol qilib keltiradigan bo'lsam, agar meni bitta odam ushlab tura olsa, ikkinchisi yugurib kelib, xohlagan narsasini qila olishi mumkin. Hayotda bo'lgani kabi, bu erda ham buni amalga oshirishga yo'l qo'ymasligim kerak.
To'qnashuvga boraman, Xabib meni ushlab tura olmasligi uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Imkon qadar tajovuzkor bo'laman», – dedi Geydji.
Xabib Nurmagomedov va Geydji o'rtasidagi jang bugun Abu Dabidagi «Jangchilar oroli» sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201