"Kuchli beshlik"da ochko yo'qotmagan bitta jamoa qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 570

Angliyaning «Aston Villa» klubi APLning 6-turida o'z maydonida «Lids» klubini qabul qildi va yirik - 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Din Smit shogirdlari APLning yangi mavsumida shu kungacha mag'lubiyatga uchramagandi. "Aston Villa" klubi o'tkazilgan 5 ta uchrashuvning to'rttasida g'alaba qozongandi, bitta uchrashuv boshqa muddatga qoldirilgandi.
Shu tariqa, "kuchli beshlik"da faqatgina «Milan» klubi ochko yo'qotmagan yagona jamoaga aylanib oldi.
Stefano Pioli shogirdlari o'tkazilgan 4 ta turning barchasida g'alaba qozondi. "Milan" A Seriyaning 5-turini dushanba kuni Rimning "Roma" klubiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203