"Liverpul" van Deyk o'rniga Bundesligadan himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 735

Germaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Liverpul» klubi «Shalke» himoyachisi Ozan Kabakka qiziqish bildirmoqda.
Ozan Kabak «Shalke» tarkibida 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. Ungacha esa «Shtutgart» va «Galatasaray» klublarida to'p surgan.
Xabarda aytilishicha, Yurgen Klopp yanvar oyida markaziy himoyachi sotib olmoqchi, shu sababli, "mersisaydliklar" rahbariyati Kabakning variantini ko'rib chiqmoqda.
Biroq, «Shalke» Turkiya terma jamoasi futbolchisi uchun 30 million funt talab qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201