«Ey, sen Zidan emassan!» — Mourino «Tottenxem» futbolchisiga tanbeh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467

Per-Emil Xyoyberg jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinodan Evropa Ligasining «Tottenxem» — «LASK» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tanaffus paytida tanbeh oldi.
O'yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Joze Mourino qayd etilgan natijadan xursand ekanligini yashirmadi.
Biroq, portugaliyalik mutaxassis tanaffus paytida kiyinish xonasida futbolchilar bilan jiddiy suhbat bo'lganini ma'lum qildi. U Xyoybergni misol tariqasida aytib o'tdi.
Gap shundaki, Per-Emil birinchi bo'limda ikki marta Zidanning fintidan ishlatdi, biroq, bu vaziyatda oddiyroq echimdan foydalanish samaraliroq bo'lar edi.
«Men unga ey, tinchlan, sen Zidan emasssan dedim. Men 100 foiz haq edim. Albatta, fint ishlatishdan qo'rqmayotgani yaxshi, ammo, fintlarni ko'ngil ochish uchun emas, balki foyda uchun ishlatish kerak», — dedi Mourino.

Bosh sahifaga
209