Tarmoqlarda "Tottenxem" himoyachisi terma jamoa tarkibida kaltaklanayotgani aks etgan video paydo bo'ldi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1675

Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Serj Ore Kot-d’Ivuar terma jamoasida bezorilikka duch kelganligi haqida video paydo bo'ldi.
Videoda Kot-d’Ivuar terma jamoasi murabbiylaridan beri Serey Die terma jamoa avtobusida Serj Oreni urayotgani va tomog'idan bo'g'ayotgani aks etgan.
Die Oreni oldiga keldi va tomog'idan bo'g'ib, urishni boshladi. Bundan tashqari u Serjga keskin gapirdi. Bir qator manbalarning yozishicha, Die Oreni «iflos» deb haqoratlagan.
Kot-d’Ivuar terma jamoasidagilar buni hazil deb atadi va Die mana shunday hazil bilan terma jamoa futbolchilarining kayfiyatini ko'tarmoqchi ekanligini aytishdi. To'g'ri, bu haqda hali rasmiy bayonot berilmadi, biroq, Orening o'zi bu hazil ekanligini tasdiqlamadi.

Bosh sahifaga
188