Tuxel: «Barcha «PSJ»dan 6:0 hisobidagi g'alabalarni kutmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 667
Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel EChL doirasida «Manchester Yunayted» klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng, uning ishiga shubha ostida qarayotganlardan ranjimoqda.
«Umuman olganda, bu butunlay normal holat, lekin biz mag'lubiyatga uchrashga o'rganmaganmiz. Yutqazishni yoqtirmaymiz va bu bizning odatimiz bo'lib qolishini xohlamayman.
Hamma bizdan barcha o'yinlarda 6:0 hisobida g'alaba qozonishimizni kutmoqda. Biroq, bunday bo'lmaydi.
Kelinglar, «Manchester Yunayted» klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yingacha beshta uchrashuvda muvaffaqiyat qozonganimizni unutmaylik», — dedi Tuxel.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!