Shevchenko: «Evropa Superligasi - futbolni o'ldiradi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko avvalroq Evropaning boy klublari yangi turnir o'ylab topishgani haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
Evropaning 18 ta boy klubi EChLdan tashqarida bo'lgan turnir tashkil etishni rejalashtirmoqda. Byudjeti katta bo'lmagan klublar ushbu turnirda ishtirok eta olishmaydi.
«Evropa Superligasi biz bilgan futbolni o'ldiradi. Masalan Ukrainaga o'xshagan mamlakatlar futboli jabr chekadi va elit chempionatlar rivojlanadi. Futbolni barcha uchun birdek rivojlantirish kerak», – deb post qoldirdi Shevchenko o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Evropa Superligasi 2024 yildan tashkil etishi rejalashtirilmoqda. UEFA bu borada rasmiy bayonot bermadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!