«Chelsi» «MYu»ga qarshi o'yindan oldin Kepani yo'qotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard APL doirasida «Manchester Yunayted» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin futbolchilarning holati haqida fikr bildirdi. Darvozabon Kepa Arrisabalaga aniq maydonga tushmaydi, chunki u elkasidan jarohat oldi.
«Tyago Silva va Pulishichning ahvoli yaxshi. Agar futbolchilarning salomatchligi haqida gapiradigan bo'lsam, u holda bizdagi vaziyat yaxshi. Faqatgina Kepada muammo bor. Elkasidan jarohat olgan. U aniq Manchesterga bormaydi», – dedi Lempard.
Kepa allaqachon jamoaning asosiy darvozaboni hisoblanmaydigan bo'lib qoldi. Jamoaning birinchi darvozaboni sifatida Eduar Mendi sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!