Dzyudo. Budapesht-2020ning birinchi kuni medalsiz yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 515
Dzyudo bo'yicha Budapesht “katta dubulg'a” turnirining birinchi kuni yakunlandi. Xabar berganimizdek, medallar uchun o'tgan kechki dasturda hamyurtimiz Sardor Nurillaev bronza medali uchun kurash olib bordi.
-66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan vakilimizga ushbu bosqichda ozarbayjonlik tajribali Orxan Safarov raqiblik qildi. Keskin va murosasiz o'tgan bahs, afsuski, Safarovning g'alabasi bilan yakunlandi va Nurillaev musobaqani beshinchi pog'onada tugatdi. Bu bilan dzyudochimiz o'z hisobiga 360 reyting ochkosini yozib qo'ymoqda.
Ertaga o'rta vazn toifalarida bahslar bo'lib o'tadi va unda 4 nafar vakilimiz medallar uchun kurash olib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!