Superliga. “Qizilqum” o'z maydonida “Lokomotiv” bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 805

Hozirgina Coca Cola Superliga 20-turidan o'rin olgan “Qizilqum” hamda “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi o'yin o'z nihoyasiga etdi. Navoiy shahrida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi – 1:1.
Birinchi bo'lim so'ngida toshkentliklar darvozasi tomon penalti belgilandi va Oybek Qilichev undan samarali foydalandi. Bahsning 78-daqiqasida esa Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi.
Coca Cola Superliga. 20-tur
23 oktyabr, juma
QIZILQUM – LOKOMOTIV 1:1 (1:0)
Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi.
Gollar: Oybek Qilichev (45-penalti) — Temurxo'ja Abduxoliqov (78)
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullaev, Oybek Qilichev, Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Salim Mustafoev, Sherali Jo'raev, Ibrohim Tomiva, Oleg Tolmasov, Jamshid Hasanov.
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Jahongir Abdumo'minov, Slavko Damyanovich, Kirill Pogrebnyak, Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, G'ulom-Haydar G'ulomov, Dilshodjon Komilov, Sherzod Fayziev, Jaloliddin Jumaboev, Diyorjon Turopov.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Feruz Dostonov, Mahmud Turdiev, Komiljon Rasulov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Sardor Qudratullaev

Bosh sahifaga
166