"Real" futbolchisi nima uchun "Tottenxem"ni tanladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 765

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Serxio Regilon nima uchun "shporlar" tarkibiga o'tganini tushuntirib berdi.
"Mourino - yuqori saviyalik murabbiy. Mening bu klubga o'tishimga u muhim rol o'ynadi. Oldimda juda ko'plab variantlar bor edi, biroq, "Tottenxem" klubidan qiziqish bo'layotganini bilganimdan so'ng, ikkilanmasdan Londonga yo'l oldim", - ispaniyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Sentyabr oyida "Tottenxem" 23 yoshli himoyachini Madridning "Real" klubidan 30 million evro evaziga sotib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166