«Manchester Yunayted» Pogbani maoshini oshiradimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani har qanday yo'l bilan jamoada saqlab qolish niyati yo'qligi haqida ogohlantirdi. Xususan, "mankunianlar" frantsiyalik yarim himoyachini maoshini oshirib berish niyatida emas.
Angliya matbuotining yozishiga qaraganda, «MYu» «Aleksis Sanches stsenariysi»dan qochish niyatida. Eslatib o'tamiz, Sanchesning «MYu»dagi maoshi haftasiga 400 ming funtdan balandroq edi.
Pogbani xizmatiga avvalroq «Real» va PSJ klublari qiziqish bildirayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276