Evropa ligasi. «Reynjers» futbolchisi 50 metrdan gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1091

Evropa ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida bo'lib o'tgan «Standard» va «Glazgo Reynjers» jamoalari o'rtasidagi o'yinda chiroyli gol urildi.
O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda 0:1 hisobida ortda borayotgan mezbonlar hujumga o'tishdi. «Reynjers» yarim himoyachisi Kemar Ruf o'z jarima maydoni yaqinida to'pni egalladi, raqibning bir necha nafar futbolchisini aldab o'tdi va markaziy chiziq ustidan zarba berdi. To'p esa darvozabon Arno Bodar ustidan oshib o'tib, darvoza to'riga borib tushdi. Natijada shotlandiyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Opta" tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu gol Evropa ligasida eng olis masofadan urilgan golga aylangan. Ruf darvozagacha 54,6 yard (taxminan 50 metr) masofadan zarba bergan.

Manba: sport24.ru

Bosh sahifaga
168