«Real» hujumchisi 6 oyga qamalishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1591

«Real» hujumchisi Luka Yovich karantin qoidasini buzgani uchun 6 oyga qamalishi mumkin. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Yovich avvalroq mojaro markaziga aylangan edi. Mart oyida Ispaniya chempionati to'xtatilgach, futbolchi Belgradga uchib borib, u erda karantin qoidasini buzgan holda do'stlari bilan barbekyu uyushtirdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Serbiya sudi 23 oktyabr kuni Yovichga nisbatan o'z qarorini e'lon qiladi.
Eslatib o'tamiz, Luka avvalroq 30 000 evro miqdorida jarima to'lagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167