Frantsiyaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 733

«Mets» klubi hujumchisi Ibrahima Nyan Frantsiya futbolchilar kasaba uyushmasi tomonidan Liga-1ning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
21 yoshli senegallik futbolchi mavsumning dastlabki 6ta turida 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 38 foizi unga ovoz berdi.
Ushbu sovringa, shuningdek, Inyatius Ganago («Lans») va Seru Girassi («Renn») ham da'vogarlik qilishgandi. Ular so'rovnoma natijalariga ko'ra, mos ravishda 36 va 26% ovoz to'plashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168