Lukaku: "EChL bunday xatolarga kechirmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212
Italiyaning «Inter» klubi hujumchisi Romelu Lukaku EChL doirasida Menxengladbaxning «Borussiya» klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'ylaymanki, biz o'z maydonimizda o'ynaganimizni hisobga oladigan bo'lsak, muvaffaqiyatli natijaga erishishimiz kerak edi. Bizning jamoa yanada ko'p narsalarga qodir. Rivojlanishdan to'xtamasligimiz kerak, biz yanada mazmunli o'yin namoyish eta olamiz. «Inter» ko'plab aspektlarda kuchli bo'lishi kerak. Biz hozir oddiy bo'lmagan davrni boshdan kechiryapmiz. Biz o'z imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz kerak.
Yaxshilanish haqida gapirganimda, men boshqa narsalar qatori ruhiy jihatni ham nazarda tutaman. Biz samarali himoyalanishimiz kerak. «Borussiya» klubiga qarshi o'yinda o'tkazib yuborgan ikki golimizda o'zimiz xatoga yo'l qo'ydik. Bunday oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ymasligimiz kerak. EChL – yuqori saviyadagi musobaqa va bu erda bunday xatolar kechirilmaydi», — dedi Romelu Lukaku.