Veynaldum Fabino haqida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220
Angliyaning «Liverpul» klubi futbolchisi Jorjino Veynaldum jamoadoshi Fabino haqida fikr bildirdi.
«Fabino markaziy himoyachi ampluasida ajoyib harakat qildi. Menimcha, u ushbu pozitsiyada harakat qilgan o'yinlarning bittasida ham mag'lubiyatga uchramadik. Ortimda mana shunday futbolchi o'ynayotgani menga yoqadi.
Uning ko'rsatgan o'yiniga qaraganda, u butun faoliyati davomida markaziy himoyada o'ynagandek ko'rindi. Tarkibda bunday ko'p qirrali futbolchiga ega bo'lish juda yaxshi. Fabino – universal futbolchi. U murabbiy talab qilayotgan barcha vazifalarni a'lo darajada bajarmoqda. U «Liverpul»ning o'yinlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda, — dedi Jorjino Veynaldum.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!