«Barselona» Fati bilan shartnomani uzaytirish harakatini boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288

Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbariyati jamoaning yosh futbolchisi Anssuman Fati bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.
Kataloniyalik rahbarlar 17 yoshli futbolchining o'yinidan qoniqish hosil qilishmoqda, shuning uchun u bilan shartnomani uzaytirish payiga tushib qolishdi deya xabar tarqatmoqda Diario Sport.
Fatining agenti Jorje Mendesh o'z mijozining oylik-maoshini oshirib berishlarini so'ramoqda. Portugaliyalik futbol agenti «Barselona» rahbariyati bilan uchrashuv davomida yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223