Ulug'bek Baqoev «So'g'diyona»ning beqaror natijasiga nima sabab bo'layotganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 882

Superliganing 17-turidan o'rin olgan «Paxtakor» — «So'g'diyona» (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun yaxshi jamoaga, O'zbekiston chempioniga qarshi o'ynadik. Raqib safida milliy terma jamoa a'zolari bor edi. Shu bois himoyaviy taktikani tanladik va tezkor qarshi hujumga o'tishga intildik. Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi, barchaga o'yin uchun rahmat aytaman. «Paxtakor»ni g'alaba bilan tabriklayman", — deydi Baqoev.
— Bu yilgi barqarorsizlikka nima sabab bo'lmoqda?
— Birinchi faktor mavsumni omadsiz tarzda boshladik, mag'lubiyatlar, duranglar, ko'p ochkolar yo'qotdik. Keyin pandemiya, karantinlar, ritm buzildi. O'sha paytda kim ko'proq tayyor bo'lsa ko'p ochko to'plab oldi. O'z maydonimizda ko'p ochkoni yo'qotdik. Mavsum avvalida etakchi o'rinlarda bo'lishni istagandik. Ammo o'xshamadi. Bu futbol.
— Sizningcha, Cheranning golida o'yindan tashqari holat bormidi?
— Murabbiylar zaxira o'rindig'idan turib bu vaziyatni ko'rish qiyin. TV takroriy lavhalarni ko'rib baho berish mumkin. Rostini aytaman, bu vaziyatda aniq javob bera olmayman.
— Bu mavsumdagi selektsiyadan ko'nglingiz to'ldimi?
— To'g'risini aytsam, selektsiya 50/50 bo'ldi. Kimgadir ishondik, ba'zilar jamoaga qo'shilib keta olmadi. Qaysidir yigitlar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirmoqda, ba'zilar esa aksincha. Lekin hech kimga e'tirozim yo'q.

Bosh sahifaga
274