O'zil o'zining APL qaydnomasidan chiqarib tashlanganiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil tvitterdagi o'zining sahifasi orqali muxlislarga murojaat yo'lladi. Eslatib o'tamiz, klub uni Angliya premer-ligasi qaydnomasidan chiqarib tashladi.
"Ushbu murojaatnomani "Arsenal" muxlislarga yo'llash qiyin. Klub meni Premer-liga uchun ro'yxatdan o'tkazmagani sababli hafsalam pir bo'ldi. 2018 yilda yangi shartnomaga imzo chekan ekanman, men "Arsenal"ga sadoqatimni namoyish qilgan edim. Klub mening sevgimga javob qaytarmayotganini ko'rish achinarli. Shu paytgacha men sukut saqlab keldim. Chunki tarkibga qaytishimga ishonayotgan edim.
O'tgan mavsumda chempionatda tanaffus yuzaga kelishidan avval men jamoaning yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta boshqaruvida rivojlanayotganimdan qoniqish hosil qilayotgan edim. Biz murabbiy bilan yaxshi til topishdik va nazarimda, yaxshi o'yin ko'rsatayotgan edim. Keyin esa barchasi o'zgarib ketdi va menga "Arsenal" safida o'ynashga imkon berishmadi.
Yana nima deyishim mumkin? O'zimni hamon Londonda o'z uyimdagidek his qilyapman. Jamoada do'stlarim ko'p. Muxlislarga o'rganib qolganman. Nima bo'lishidan qat'i nazar men o'z imkoniyatim uchun kurashishda davom etaman va "Arsenal"dagi sakkizinchi mavsumim shu tariqa yakunlanishiga yo'l qo'ymayman. Klubning qarori mening ruhiyatimga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Men mashg'ulotda to'la kuch bilan ishlab, adolat uchun kurashaman", — deya yozdi O'zil.