Superliga. «Nasaf» o'z uyida AGMKni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247
Qarshidagi markaziy o'yingohda jadvalda 2 va 3-o'rinlarda borayotgan «Nasaf» va AGMK klublari to'qnash kelishdi.
Birinchi bo'limga tugashiga 4 daqiqa qolganida mehmonlar darvozasigacha 30 metr masofadan jarima zarbasi belgilandi. Marko Stanoevich juda kuchli zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. AGMK posboni Valijon Rahimov to'sin kirayotgan to'pni qaytara olmadi.
Ikkinchi bo'limning 61-daqiqasida esa qarshiliklar o'ng qanotdan hujum tashkil qilishdi va Oybek Bozorov 7-8 metrlardan aniq zarba bilan olmaliqliklar darvozasini ishg'ol qildi.
Shu tariqa, "Nasaf" muhim g'alabaga erishdi va o'z ochkolarini 40taga etkazdi. AGMK hisobida esa 42 ochko mavjud.
Superliga, 20-tur
"NASAF" - AGMK - 2:0 (1:0)
Gollar: Marko Stanoevich (41), Oybek Bozorov (61)
«Nasaf» — 35.Abduvohid Ne'matov, 4.Husniddin Aliqulov, 8.Dilshod Saitov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 20.Islom Kenjaboev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
AGMK — 35.Valijon Rahimov - 2.Akmal Shorahmedov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 5.Dilshod Jo'raev, 17.Sanjar Tursunov - 94.Husniddin G'ofurov, 9.Zafar Polvonov, 7.Elguja Grigalashvili.