«Manchester Yunayted» qancha zarar ko'rgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425
«Manchester Yunayted» so'nggi 5 yildagi daromadlilik bo'yicha eng past natija qayd etdi.
Klub e'lon qilgan hisobotga ko'ra, klubning joriy mavsumdagi daromadi 19 foizga kamaydi va 509 million funt sterlingni tashkil qildi. «MYu» 560-580 mln funt miqdorida daromad olishni rejalashtirgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi ta'siri oqibatida jamoa kutilgan daromadga ega bo'la olmadi.
«Manchester Yunayted» eng past daromadni mavsum-2014/2015da olgan edi — 395,2 mln funt. Klubning mavsum-2018/2019dagi daromadi 627,1 mln funtga teng bo'lgan edi.
«MYu»ning qarzi 10 foizga oshib, 474,1 mln. funtga etdi. Jamoaning zarari esa 23,2 mln funtga teng bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!