«Borussiya» ustozi: "Beshta yuz foizli imkoniyatdan foydalana olmadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424
Dortmundning «Borussiya» klubi EChL doirasida kutilmaganda Rimning «Latsio» klubi 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Lyusen Favr o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Birinchi bo'limda har bir kurashda yutqazdik. Birinchi gol – bizning xatodan keyin kiritildi. Hujum boshlaganimizda juda ham hayajonlandik. Futbolda maydonga - jangga chiqqandek chiqish kerak.
Biz gol urish uchun beshta yuz foizli imkoniyatga ega bo'ldik, biroq ushbu vaziyatlardan foydalana olmadik. Hujumlarni yakunlovchi omil etishmadi. Biz ajoyib o'yin namoyish etishimiz kerak edi, biroq buni uddalay olmadik», – dedi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!