Mbappe o'z antirekordini davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374
Frantsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Kilian Mbappe EChLning 1-turida «MYu» darvozasiga gol kirita olmadi.
Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan ushbu bahsda parijliklar o'z maydonida "MYu"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Goal portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Mbappening EChLdagi golsiz seriyasi oltita o'yinga etdi. 21 yoshli hujumchi so'nggi marta ushbu musobaqadagi golini 2019/2020 yilgi mavsumda «Galatasaray» (5:1) darvozasiga kiritgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!