Kimpembe: «Faqat o'zimizni ayblashimiz kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222
Frantsiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Presnel Kimpembe EChL doirasida «Manchester Yunayted» (1:2) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«O'yinning boshi va yakuni biz uchun omadsiz bo'ldi. Afsuski, o'z maydonimizda yutqazdik. Ammo, burnimizdan osib qo'yishga hojat yo'q.
Nima ro'y berganini izohlashga hojat yo'q. Yaxshi o'ynay olmadik. Yakka kurashlarda yutqazdik, ortga juda sekinlik bilan qaytdik, bunday o'yin uchun albatta jazolanishimiz kerak edi. Faqat o'zimizni aybdor qilishimiz kerak», – dedi Kimpembe.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!