EChL. «Latsio» «Dortmund»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida «Latsio» o'z maydonida Dortmundning «Borussiya» klubini qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning 6-daqiqasidayoq Immobile rimliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, birinchi bo'lim o'rtalarida "Latsio" raqib himoyachisining avtogoli evaziga hisobdagi farqni 2taga oshirdi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida mehmonlar Xolandning goli evaziga farqni bittaga qisqartirishgan edi. Ammo oradan 5 daqiqa o'tib mezbonlar uchinchi golni urishdi. Gol muallifi — Akpa-Akpro.
Evropa chempionlar ligasi, "F" guruhi, 1-tur
Latsio Italiya – Borussiya D Germaniya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Immobile, 2:0 – 23, avtogol Xitts, 2:1 – 71 Xoland, 3:1 – 76 Akpa-Akpro.
Latsio – Strakosha, Acherbi, Luis Felipe (Xudt, 51), Gabarron, Marushich, Leyva, Fares, Milinkovich-Savich (Akpa-Akpro, 67), Luis Alberto (Parolo, 80), Korrea (Muriki, 67), Immobile (Kaysedo, 81).
Borussiya D – Xitts, Mene, Pishchek (Brandt, 65), Xummels, Gerreyru, Vittsel, Dileyni, Sancho, Bellingem (Reyna, 46), Roys (Reyner, 78), Xoland.
Ogohlantirishlar: Luis Alberto (42), Reyna (62), Strakosha (84).