EChL. «Yuventus» Morataning dubli evaziga Kievda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308
Evropa chempionlar ligasi yangi mavsumining guruh bosqichi start berildi.
«Yuventus» Kievda «Dinamo» klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ikkinchi bo'lim boshida Alvaro Morata hisobni ochgan bo'lsa, o'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida uning o'zi farqni ikkitaga oshirdi.
Evropa chempionlar ligasi, "G" guruhi. 1-tur
Dinamo Kiev Ukraina – Yuventus Italiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 46 Morata, 0:2 – 84 Morata.
Dinamo Kiev – Bushan, Kendzera, Karavaev (Popov, 70), Zabarniiy, Mikolenko, Shaparenko, Sidorchuk, Tsiigankov (Verbich, 71), Buyalskiy (Garmash, 89), de Pena (Rodrigesh, 60), Supryaga.
Yuventus – Shchensni, Kellini (Demiral, 19), Danilo, Bonuchchi, Kuadrado, Remzi (Bernardeski, 79), Bentankur (Artur, 79), Kulusevski (Dibala, 56), Rabo, Keza, Morata.
Ogohlantirishlar: Bentankur (45), Kuadrado (50), Demiral (59).