«Barselona» rahbariyati undan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 520
"Barselona" rahbariyati yarim himoyachi Miralem Pyanichning formasidan norozi bo'lmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabar berishicha, Pyanich "Yuventus"dan kataloniyaliklar safiga eng yaxshi holatda kelmagan.
"Barsa" murabbiylar shtabi havbekka bosim o'tkazmayapti, chunki u yaqindagina koronavirusdan sog'aygan edi. Ammo «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Evropa chempionlar ligasi doirasida «Ferentsvarosh»ga qarshi o'yinda futbolchining xizmatidan foydalanmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!