«Arsenal» O'zilni APL qaydnomasidan chiqarib tashlamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy mavsumda jamoa himoyachisi Sokratis Papastatopulos va yarim himoyachisi Mesut O'zilni o'z rejalariga kiritmayapti.
"Goal" tarqatgan xabarga ko'ra, har ikki futbolchi Angliya premer-ligasi qaydnomasidan chiqarib tashlanadi.
Avvalroq "kanonirlar" ushbu futbolchilarni Evropa ligasida ishtirok etadigan o'yinchilar ro'yxatiga kiritmagan edi.
Ma'lumot o'rnida. O'zil "Arsenal"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi hisoblanadi. Uning yillik maoshi 20 million evro atrofida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!