«Barselona» prezidenti Bartomeu karantinga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu majburiy o'zini-o'zi yakkalash hayot tarziga o'tkazildi. Bu haqda "Football Espana" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbari koronavirusga chalingan qarindoshi bilan muloqotda bo'lgan. Shu bois, u karantinga olindi. U "Barselona" va "Ferentsvarosh" jamoalari o'rtasidagi bugun bo'lib o'tadigan o'yinga tashrif buyura olmaydi.
Bartomeu shanba kuni bo'ladigan "Kamp Nou"da bo'ladigan "el-klasiko"ni stadiondan tomosha qilishga umid qilmoqda. Buning uchun u COVID-19ga topshiradigan navbatdagi 2ta test natijasi manfiy bo'lishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!