Xenderson van Deyk haqida: "Biz uchun jiddiy yo'qotish bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 489
Angliyaning "Liverpul" klubi sardori Jordan Xenderson jamoadoshi Virdjila van Deykni qo'llab-quvvatladi. Niderlandiyalik futbolchi "Everton" klubiga qarshi o'yinda jiddiy jarohat olgandi.
«Bu biz uchun qattiq zarba bo'ldi. Jamoamiz uchun bu katta yo'qotish. Kecha u bilan gaplashdim. Bu juda qiyin vaziyat, lekin aynan shunday vaziyatda biz bir-birimizning yonimizda bo'lishimiz kerak. Iloji boricha uning yonida bo'laman va ishonamanki boshqa futbolchilarimiz ham shunday qiladi. Virjil jarohatdan keyin yanada kuchli bo'lib qaytadi. Ungacha esa biz bor kuchimizni ishga solib, «Liverpul»ni kuchli bo'lishiga yordam berishimiz kerak», - dedi Xenderson klub matbuot xizmatiga
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!