EChL. «Barselona»ning «Ferentsvarosh»ga qarshi kengaytirilgan tarkibi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256
«Barselona» Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida Vengriyaning «Ferentsvarosh» klubiga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman qaydnomaga 23 nafar futbolchini kiritdi. Tarkibdan Mark-Andre ter Shtegen, Jordi Alba, Jan-Kler Todibo va Samuel Umtiti o'rin olishmadi.
«Barselona»ning «Ferentsvarosh»ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar: Norbertu Neto, Inyaki Penya, Arnau Tenas
Himoyachilar: Serjino Dest, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Kleman Langle, Serxi Roberto, Xunior Firpo, Oskar Mingeza,
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Karlos Alenya, Miralem Pyanich, Riki Puch, Filippe Koutino, Pedri, Trinkau, Frenki de Yong
Hujumchilar: Antuan Grizmann, Martin Breytueyt, Lionel Messi, Usmon Dembele, Ansu Fati.
«Ferentsvarosh» va «Barselona» jamoalari o'rtasidagi bahs 20 oktyabr kuni 00:00da boshlanadi.