Lempard: «EChL – yosh futbolchilar uchun tayyorgarlik maydonchasi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard EChL doirasida «Sevilya» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«EChL – yosh futbolchilar uchun tayyorgarlik maydonchasi. O'tgan mavsumda etarlicha tajriba to'pladik, turnirning amaldagi g'olibi - «Bavariya» bilan bahs olib bordik. O'sha uchrashuvlar yosh futbolchilarimizga ko'p narsalarni o'rgatdi.
Biz doim takomillashish yo'lini izlaymiz va «Sevilya»ga qarshi o'yin ham bundan mustasno bo'lmaydi. Bundan jiddiy raqibga qarshi o'yinda maksimal kontsentratsiya va intizomni saqlashimiz kerak», - Lempardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!