«Jenoa» bosh murabbiyi Shomurodovning debyuti haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
«Jenoa» bosh murabbiyi Rolando Maran «Verona»ga qarshi bahsda Eldor Shomurodovning debyutiga baho berdi. Uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsa, o'zbekistonlik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushib, 63-daqiqada zaxiraga olindi.
«Men unga o'ynash imkoniyatini berdim, ammo Shomurodov hozircha jamoamiz futboli haqida aniq tasavvurga ega emas. U boshqa chempionatdan keldi va bu erda qanday ishlash kerakligi hozircha bilmaydi. Unga vaqt kerak. U sabrli bo'lishi lozim. U xatoga yo'l qo'ymadi. Shu bois, o'yin uchun unga minnatdorchilik bildiraman», — dedi Maran "Sky Sport"ga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!