Barcha zamonlarning eng yaxshi markaziy hujumchilari ro'yxati e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 567
Frantsiyaning "France Football" jurnali barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchilari ramziy terma jamoasini tuzishda davom etmoqda.
Darvozabon, chap qanot himoyachisi, markaziy himoyachi, o'ng qanot himoyachisi, markaziy yarim himoyachi, hujumkor yarim himoyachi, chap qanot hujumchisi, o'ng qanot hujumchisi va markaziy hujumchi pozitsiyalari uchun maxsus komissiya tomonidan tanlab olingan nomzodlar ro'yxati e'lon qilinmoqda.
Butun dunyo bo'ylab 170dan ortiq jurnalistning ovozlari natijasida har bir pozitsiyaga bir nafardan eng yaxshi futbolchi tanlab olinadi va ramziy terma jamoaga kiritiladi. Ramziy jamoa esa dekabr oyida e'lon qilinadi.
Markaziy hujumchisi nominatsiyasi uchun 10 nafar nomzodlar ro'yxati quyidagi ko'rinishda bo'ldi:
Dennis Bergkamp (Niderlandiya), Gerd Myuller (Germaniya), Yoxan Kroyf (Niderlandiya), Romario (Braziliya), Kenni Dalglish (Shotlandiya), Ronaldo (Braziliya), Eusebio (Portugaliya), Marko van Basten (Niderlandiya), Shandor Kochish (Vengriya), Jorj Vea (Liberiya).