Superliga. “Qo'qon-1912” safarda “Surxon”ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307
Bugun Termiz shahridagi “Surxon” stadionida Coca Cola superligasi 19-tur doirasidagi "Surxon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinni qo'qonliklar faol tarzda boshlashdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida ular hisobni ochishdi. Oybek Rustamov markazda to'pni qabul qilib oldi va ajoyib uzatma bilan Rayevatsni darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Filip esa vaziyatdan unumli foydalandi. 13-daqiqada mehmonlar ikkinchi golni ham kiritishlari mumkin edi. 22-daqiqada Rayevats raqib darvozasiga ikkinchi golni ham kiritgan edi. Hakamlar ofsayd xolatini qayd etishdi.
33-daqiqadan boshlab "Qo'qon" maydonda 10 kishi bo'lib qoldi. Shohnazar Norbekovga ikkinchi sariq kartochka va qizil kartochka ko'rsatildi. Bo'limning qolgan daqiqalarida har ikki jamoada to'p kiritish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga kelishiga qaramay, tanaffusga qadar hisob o'zgarmadi.
Ikkinchi bo'limni son jihatdan ko'p bo'lgan mezbonlar faol tarzda boshlashdi. 64-daqiqada Sherzod Karimovning jarimadan yo'llagan zarbasini Abdullaev mahorat bilan qaytarib yubordi.
74-daqiqada mezbonlar burchak zarbasidan unumli foydalana olishmadi. Stanoevichning zarbasi ancha noaniq chiqdi. 78-daqiqada Muzaffar Abdullaev chiroyli seyv namoyish qilib raqib zarbasidan so'ng to'pni ushlab oldi. Qolgan daqiqalarda mezbonlar hujumga zo'r berishdi. "Qo'qon-1912" esa matonatli tarzda himoyalanishdi va muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Coca Cola superligasi, 19-tur
"Surxon" - "Qo'qon-1912" – 0:1 (0:1)
Gol: Filip Rayevats (11).
Chetlatish: Shohnazar Norbekov (33, ikkinchi ogohlantirish)
"Surxon": 45.Akbar To'raev, 2.Abduqahhor Xojiakbarov (70.Ibrohim Yo'ldoshev, 85), 7.Nizomjon Norov (8.Sherzod Karimov, 46), 10.Shavkat Salomov (19.Nuriddin Hasanov, 46), 11.Aleksandr Kasyan, 20.Husniddin G'ofurov, 21.A'zam Aliev (17.Sardor Sulaymonov, 65), 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoevich, 66.Behruz Shaydulov, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 1.Asilbek Amanov, 12.Azamat Ahmedov, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 9.Dilshod Jabborov, 15.Muhammadali Nomozov, .
"Qo'qon-1912": 21.Muzaffar Abdullaev, 3.Boburjon Akbarov, 7.Shohnazar Norbekov, 9.Suhrob Berdiev, 10.Quvondiq Ro'ziev (13.Sardor Azimov – 89), 14.Avaz Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov (5.Jasur Yoqubov, 85), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filip Rayevats (20.Iqboljon Malikjonov, 76).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Sobit Sindarov, 17.Muzaffarjon Muzaffarov, 19.Hamidullo Abduhamidov, 91.Yakuba Bamba, 99.Bek Abdullaev.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Oybek Yunusov