«Liverpul» asosiy himoyachisidan ayrildi: Virjil van Deyk operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272
«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk o'ng oyoq tizza qismidan olgan jarohati tufayli operatsiya qilinadi. Bu haqda klub matbuot xizmatida xabar berildi.
Liverpuldagilar hozircha 29 yoshli niderlandiyalik futbolchining tiklanish vaqti haqida ma'lumot bermagan. Jarohat jiddiy ekanligini hisobga olib, van Deyk mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborish ehtimoli ham kattaligi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Virjil Angliya chempionatining 5-turi doirasida o'tkazilgan «Everton»ga qarshi bahsning (2:2) 11-daqiqasida raqib posboni Jordan Pikford bilan to'qnashib ketgan holda jarohat olgan va shundan so'ng almashtirilgandi.
Ma'lumot uchun, «Liverpul» Virjil van Deykni 2018 yil yanvarida 84,5 million evro evaziga «Sautgempton» klubidan sotib olgandi. Niderlandiyalik futbolchi Mersisayd klubi safida hozirga qadar 90 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urishga erishdi.