Serxio Buskets: "Bu bizning kunimiz emasdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Serxio Buskets La Liganing 6-tur doirasida "Xetafe" (0:1) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Bu bizning kunimiz emasdi. Uchrashuvni muammosiz o'tkazishni xohlagandik, biroq, buni amalga oshira olmadik. Raqib hisobda oldinga chiqib olganida vazifamiz yanada mushkullashdi. Penalti? O'yin yakunlandi, hakamlik haqida gapirishga hojat yo'q", - Busketsning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TMW.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!