"Andijon" tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319
So'nggi uchta turni mag'lubiyatsiz o'tkazgan "Andijon" o'z maydonida "So'g'diyona" mezboni bo'ldi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Muhammad Yuldashevning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasini jizzaxliklar posboni Shirinboy Abdullaev qaytara olmadi - 1:0.
Shundan so'ng, maydon egalari hujumga zo'r berishdi, gohida mehmonlar darvozaboni va himoyasi yaxshi harakat qilgan bo'lsa, gohida "Andijon" hujumchilariga aniqlik etishmadi.
Ikkinchi bo'lim ham shiddatli kurashla ostida kechdi. O'yinning 75-daqiqasida Marko Kolakovich "Andijon" jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
85-daqiqa o'tib borayotgan pallada "Andijon" himoyachisi Farhod Mirahmatov hakam tomonidan ogohlantirilgandi, oradan ikki daqiqa o'tgach, ikkinchi sariq kartochkaga loyiq deb topildi va maydondan chetlashtirildi.
"Andijon" – "So'g'diyona" - 1:1
18.10.2020 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni
Hakamlar: Viktor Serazitdinov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Aleksandr Davidenko
"Andijon": 16.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov, 4.Farhod Mirahmatov, 5.Xushnudbek Avilov, 6.Baxtiyor Qosimov (17.Abdullo Olimov, 77), 8.Farhod Bekmuratov, 11.Siroj Meliev (70.Nodir Mavlonov, 90), 22.Usmonali Ismonaliev, 27.Muhammadali Yuldashev (99.Jamshid Homidov, 77), 33.Doniyor Abdumannopov, 80.Shahboz Jumaboev (15.Rustamjon Qo'chqorov, 62).
"So'g'diyona": 1.Shirinboy Abdullaev, 3.Iskandar Shoyqulov, 5.Ayubxon No''monov, 7.Sanjar Rashidov, 8.Jamshid Boltaboev, 10.Shohruz Norxonov (24.Muhammad Yahyoev, 84), 11.Jasur Hasanov, 19.Javohir Qahramonov, 20.Bahodir Nasimov (21.Sahob Rashidov, 70), 30.Dian Talxatov, 93.Marko Kolakovich.
Gollar: Muhammadali Yuldashev 5, - 1:0. Marko Kolakovich 75, - 1:1.
Ogohlantirish: Farhod Bemuratov, Farhod Mirahmatov.
Chetlatish: Farhod Mirahmatov 87.