Velosport. Olga Zabelinskayadan navbatdagi oltin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9604
Xabar berib o'tganimizdek, velosportchilarimiz Belgiyada «International Belgian Track Meeting» xalqaro turnirida ishtirok etishmoqda. Bugun terma jamoamiz a'zosi Olga Zabelinskaya Point Race poygalarida ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va navbatdagi oltin medaliga sazovor bo'ldi. Ikkinchi o'rindan belgiyalik Jolen D’or (34 ochko) joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka frantsiyalik Viktuar Berto (31 ochko) yakun yasadi.
Eslatib o'tamiz, kecha u omnium yo'nalishida 192 ochko to'plagan holda oltin medal sohibasiga aylangandi.
Qayd etish lozimki, ushbu turnir Tokio Olimpiadasi uchun muhim bo'lgan reyting ochkolarini taqdim etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!