Brunu Fernandesh: "Fantastik o'yin namoyish etdik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 550
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Biz haqiqatdan ham yaxshi o'ynadik. O'yin biz uchun fantastik tarzda kechdi. "Nyukasl" yaxshi jamoa, lekin biz g'alabaga munosib edik. Maguayr - katta futbolchi. U terma jamoa tarkibida va "Manchester Yunayted"da o'ynaydi. Tanqid ostiga olingan futbolchilarga doim qiyin bo'ladi lekin u maydonda nima qilish kerak bo'lsa, bugun hammasini bajardi. Biz unga turtki bo'lishimiz va u bizga turtki bo'lishi mumkin", - dedi Fernandesh VVS bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!