"Real Madrid" jiddiy yo'qotishga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 748
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos La Liganing 6-turidan o'rin olgan "Kadis"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
34 yoshli futbolchi tanaffus vaqtida o'zgartirildi. Ramos Entoni Losano bilan to'qnashuvda tizzasidan jarohat olgan. Hozircha Ramosning jarohati qanchalik og'irligi ma'lum emas.
Ma'lumot uchun 21 oktyabr kuni "Real" EChL doirasida "Shaxtyor"ga qarshi maydonga tushadi, 24 oktyabr kuni esa Madrid klubi "el klasiko"da "Barsa"ga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!