Sardor Rashidov «Benfika»ga qarshi o'yinda debyut qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10180
Xabaringiz bor, Sardor Rashidov kelgusi faoliyatini Portugaliyaning "Nasonal" klubida davom ettiradi.
Bugun Portugaliyaning 20-turidan o'rin olgan bahsda “Nasonal” o'z maydonida “Setubal”ni qabul qiladi. Ushbu bahsda hamyurtimiz maydonga tushmaydi. Rashidov kechagina jamoaga borib qo'shildi, shu bois bosh murabbiy Koshtinya uni qaydnomaga kiritishga kechikdi.
Shu tariqa Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyuti 10 fevral kuni "Benfika"ga qarshi uchrashuvda bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!