Anchelotti: "Biz uchun yaxshi sinov bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 480
Angliyaning «Everton» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL doirasida «Liverpul» (2:2) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Keskin kurashlarga boy, katta bosim va qiziqarli tarzda o'tgan ajoyib o'yin bo'ldi. Biz «Liverpul»ni kurashga chaqirdik. Bu yaxshi sinov bo'ldi, men yaxshi taasuroot oldim. Chempion bilan raqobatlasha olishimiz kelajakka ishonch bag'ishlaydi. Xenderson gol kiritgan vaziyatda ofsayd yuzaga kelganiga umid qilgandim. Agar biz mag'lubiyatga uchragan taqdirimizda ham, o'yindagi taasurootim o'zgarmagan bo'lardi», – dedi italiyalik murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!