«Dinamo» «Oqtepa»dan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383
Pro liga 12-turi doirasidagi dastlabki bahsda «Dinamo» Samarqandda «Oqtepa» jamoasini mag'lub etdi.
Uchrashuvda Oybek Nurmatov va Sharofiddin Shobirov tomonidan kiritilgan gollar Sergey Lushchan jamoasiga g'alaba keltirdi – 2:0.
Nurmatov 19-daqiqada kuchli zarbasi bilan hisobni ochgan bo'lsa, zaxiradan maydonga tushgan Shobirov jarima maydoni sari etkazilgan to'pni qoyilmaqom usulda darvozabon ustidan oshirib qo'yib, farqni ikkitaga oshirdi - 2:0.
Ushbu g'alaba evaziga ochkolari sonini 17taga etkazgan «dinamochilar» 4-o'ringa chiqib olishdi.
Pro liga. 12-tur
17 oktyabr, shanba
«Dinamo» – «Oqtepa» - 2:0
Hakam: Rustam Choriev (Surxondaryo)
Gollar: Oybek Nurmatov 19, Sharofiddin Shobirov 88.
«Dinamo»: 1.Erkin Jabborov, 2.Bekzod Ahmadjonov, 19.Obid Jo'raboev, 21.Muhammadqodir Hamraliev, 23.Shahzod Hamidov, 24.Farhod Namozov (6.Bobur Qosimov, 62), 8.Eldor Boymatov (Jahongir Ahmadov, 62), 11.Damir Temirov, 7.Suhrob Nurulloev (Sharofutdin Shobirov, 46), 78.Oybek Nurmatov (Shoxruh Abdurahmonov, 66), 14.Andrey Sidorov (Azamat Allaniyozov, 66).
«Oqtepa»: 13. Ravshanbek Yagudin, 7.Samuel Opeks, 11.Timur Hakimov, 14. Diyor Jaloliddinov, 15. Jafar Ismoilov, 19. Jamshid Yusupov, 20. Samandar Ochilov, 21. Doston Bahromov, 22. Yahyoxon Ma'rfuxo'jaev, 24.Hamidxon Rustamxonov, 33. Talgat Nigmatulin.
Manba: "Dinamo" matbuot xizmati