Kuman: «Dest bu erda futbol boshqacha ekanligini tushunishi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436
Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaning yangi futbolchisi Serjino Dest haqida fikr bildirdi.
«Avvalo shuni aytishim kerakki, Dest uzoq vaqtdan beri bilan mashg'ulot olib bormoqda, bu juda muhim sanaladi. Biz u bilan "Barselona"da qanday o'ynash kerakligi haqida gaplashib oldik. Himoyachi bizning tizim «Ayaks» klubinikidan farq qilishini tushunishi muhimdir.
Serjino Destning universal ekanligini yaxshi bilamiz. U himoyaning o'ng va chap qanotlarida birdek o'ynay oladi. Jordi Alba «Xetafe»ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi mushkulligini juda yaxshi tushunib turibman, shuning uchun, dastlabki daqiqalardan maydonga Destni tushurishni o'ylab turibman», — dedi Ronald Kuman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!