Mane: «Koronavirus – aqlbovar qilmaydigan kasallik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496
Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchisi Sadio Mane koronavirus infektsiyasi haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, senegallik hujumchi ushbu infektsiyani yuqtirib olib, davolanishga muvaffaq bo'ldi.
«Natija ijobiy chiqqanida hayron bo'ldim. Chunki, bu kasallikka qachon chalinganimni eslolmayman. Imkon qadar tezroq tuzalishga harakat qildim. Nihoyat men qaytdim va bundan juda xursandman.
Barchani ehtiyot bo'lishini so'rab qolaman, chunki bu juda muhim. Koronavirus – aqlbovar qilmaydigan kasallik. Buni o'zingiz boshdan o'tkazmaguningizcha tushunmaysiz. Men buni hech kim boshdan kechirishini xohlamayman, chunki bu oson emas. Umid qilamanki, har kim qoidalarni hurmat qiladi va o'z salomatchiligi haqida qayg'uradi», – Manening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Liverpul» matbuot xizmati.