"Liverpul"ning sobiq futbolchisi asosiy tarkibda maydonga tushish uchun jamoadoshiga atayin jarohat etkazganini tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475
Angliyaning "Liverpul" klubi sobiq futbolchisi Tom Bryuitt asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun jamoadoshi Daniel Kliriga atayin jarohat etkazganini tan oldi.
"Agar bu birovga jarohat etkazishi va munosabatizni buzilishiga olib kelsam ham, bunga tayyor edim. Jamoadoshimga jarohat etkazishga qaror qildim, chunki, "Liverpul"ning asosiy tarkibida maydonga tushishni judayam xohlagan edim. Mashg'ulotlar jarayonida shunchaki yonida turdim va oyog'iga zarba berdim.
Men unga qattiq ozor berishga harakat qilmadim, lekin men maydonga tushishimga u halaqit qilmasligi uchun etarlicha zarba berdim. Bir paytda men unga qarshi oyoqlarim bilan tashlandim. U ikki haftaga safdan chiqqandi. Men bu qilmishimdan faxrlanmayman va uyalmayman ham. Bu erda yoki u, yoki men bo'lishim kerak edi", - Bryuittning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Independent.
Ushbu voqea 2016 yili sodir bo'lgandi. O'shanda "Liverpul" Angliya Kubogi doirasida "Ekster Siti" klubiga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Qayd etish kerakki, Bryuitt "Liverpul"ning asosiy jamoasi tarkibida bir marta ham maydonga tushishga ulgurmadi. Ayni paytda futbolchi ikkinchi liganing "Morkam" klubi safida o'ynamoqda.