Luis Suares: "Inter"ning hozirgi rahbarlariga faqat pul kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 543
Italiyaning "Inter" klubi sobiq futbolchisi Luis Suares jamoaning hozirgi rahbariyatini keskin tanqid ostiga oldi. Suares "Inter" tarkibida 1961 yildan 1970 yilgacha to'p surgan.
"Bugungi "Inter"dagilarning bitta ham xitoyliklarini tanimayman. Faqat uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan xodimlarini bilaman. Yodingizdami, men "Inter" tarkibida 9 yil o'ynadim va ikki marta evrokubokni qo'lga kiritdim, shuningdek, meni futbolchi sifatida sotib olgan Andjelo Morattining o'g'li Massimo bilan birga 15 yildan ortiq ishlaganman. Hozirgi rahbariyat esa klubni oldinga mavqeiga olib chiqish uchun emas, biznes qilish uchun sotib olishmoqda. Ularni puldan boshqa narsa qiziqtirmaydi. Ular hatto sport shaharchasining nomini ham o'zgartirdilar. Endi u er Suning deb nomlanmoqda, Morattining nomi esa hech qaerda ko'rinmaydi. Ularda futbol madaniyati yo'q, ular o'yin nima ekanligini bilishmaydi, ularga faqat pul kerak", — dedi Suares AS nashri bilan suhbatda.