Italiya sport vaziri Ronalduni yolg'onchilikda aybladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 461

Italiya sport vaziri Vinchentso Spadafora Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning hatti-harakatlarini tanqid ostiga oldi. Koronavirusga chalingan futbolchi protokol qoidalarini buzib, Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etib, Turinga qaytib kelgandi. Krishtianuning o'zi esa yolg'onning qurboni bo'lganini aytgandi.
«Ba'zi futbolchilarning mashhurligi kibrga, hukumatga hurmatsizlik qilishga va omma oldida yolg'on gapirishga sabab bo'lmaydi. Aksincha, sen ma'suliyatli, o'zgalarga namuna va biror gap gapirishdan oldin o'ylashing kerak bo'ladi.
Men bu masalaga yana qaytmoqchi emasman. Klubdagi xabarlardan ma'lumki, ba'zi futbolchilar Turindagi mehmonxonani tark etishgan. Men endi bunga aralashishni xohlamayman», - dedi Spadafora ANSA jurnalistlariga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
235